Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zmilliybank» ta’lim sohasida tadbirkorlarga ko‘mak ko‘rsatmoqda

«O‘zmilliybank» ta’lim sohasida tadbirkorlarga ko‘mak ko‘rsatmoqda

«O‘zmilliybank» AJ tomonidan ommaviy axborot vositalari vakillari uchun Andijon viloyatiga press-tur tashkil etildi. Kuni kecha safarning birinchi kuni tafsilotlari e’lon qilingan edi.

Press-turning ikkinchi kunida ham bankning moliyaviy ko‘magida Andijon viloyatining servis sohasida amalga oshirilgan yangi loyihalari bilan tanishtirildi. Jumladan, viloyatning Izboskan tumanida yangidan barpo etilgan 120 o‘ringa mo‘ljallangan maktabgacha ta’lim muassasasi 2023 yilning sentyabr oyida ish faoliyatini boshlagan. Umumiy loyiha qiymati 5 mlrd so‘m bo‘lgan ushbu muassasasani jihozlash maqsadida tadbirkor bankning moliyaviy ko‘magidan foydalandi.

-Aslida, bu hududda bog‘chaga bo‘lgan talab nihoyatda katta, - deydi tadbirkor Dilobar Jabborova. - Shu bois o‘zim ta’lim sohasidagi ko‘p yillik tajribamdan foydalanib, maktabgacha ta’lim muassasasi ochishga qaror qildim. Maxsus loyiha asosida zamonaviy bog‘chani qurdik va O‘zmilliybank ajratgan imtiyozli kredit asosida uni jihozladik. Hozirda 120 nafar bolaga 8 nafar tarbiyachi rus va o‘zbek tillarida ta’lim beradi. Gimnastika, ingliz tili to‘garaklari hamda logoped-psixolog bolajonlar bilan alohida shug‘ullanadi.

Dilobar Jabborovaning maqsadlari faqat shu emas. Yaqin yillarda xususiy maktab ochish istagida ekanligini va bu borada O‘zmilliybank bilan hamkorlik qilish taklifini ham ma’lum qildi.

Hozirda viloyat iqtisodiy ko‘rsatkichlarida xizmatlar sohasining ulushi har qachongidan ortiq. Ma’lumot uchun, Andijon viloyatida 2022 yilda aholi jon boshiga ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 5,95 mln so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, 2023 yil yakuni bilan 109,0 foiz o‘sishga erishilib, ko‘rsatkich 6,49 mlnga yetkazildi. Bu ko‘rsatkichlar bo‘yicha Asaka tumanida 2022 yilda aholi jon boshiga ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 4,24 mln so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, 2023 yil yakuni bilan 106,8 foiz o‘sishga erishilib, ko‘rsatkich 4,52 mlnga yetkazildi.

Press-tur ishtirokchilarining so‘nggi manzili «O‘zmilliybank» AJning Andijon viloyat Asaka bank xizmatlari markazi bo‘ldi. «O‘zmilliybank» AJ Andijon viloyati Asaka bank xizmatlari markazi 1998 yil yanvarda tashkil etilgan bo‘lib, hozirda 32 nafar professional mutaxassislar mijozlarga sifatli bank xizmatlarini ko‘rsatib kelmoqda.

Asaka bank xizmatlari markazi tomonidan jami 50,1 mingta mijozlarga xizmat ko‘rsatiladi. Shundan 48,3 mingtasi jismoniy shaxslar va 1,8 mingtasi yuridik shaxslar hisoblanadi. Jismoniy shaxslarning jami depozit qo‘yilmalari 8,8 mlrd. so‘mni tashkil etadi. To‘lov plastik kartochkalaridan foydalanishda qulayliklar yaratish maqsadida joylarda 2 ta bankomat, 182 ta savdo terminallari dislokatsiya qilingan.

Asaka bank xizmatlari markazi tomonidan o‘tgan 2023 yil davomida aholi va tadbirkorlik sub’yektlariga 84,1 mlrd so‘mdan ortiq kreditlar ajratildi. Buning natijasida 70 nafarga yaqin yangi ish o‘rinlari yaratildi.

Fuqarolarning yashash sharoitlarini yaxshilash, uy-joy bilan ta’minlash uchun davlat dasturlari doirasida hamda bankning o‘z mablag‘lari hisobidan birlamchi va ikkilamchi bozordan uy-joy xarid qilish uchun 140 nafardan ortiq fuqarolarga 42 mlrd so‘mdan ortiq ipoteka kreditlari ajratilib, 140 nafardan ortiq oilalar yangi uylarga ko‘chib kirdilar.

530 nafardan ortiq jismoniy shaxslarning maishiy ehtiyojlari uchun, jumladan avtotransport vositasi sotib olish, uy-joylarini ta’mirlash, to‘y va boshqa oilaviy marosimlarini o‘tkazish, ta’lim olish harajatlarini qoplash uchun 14,4 mlrd so‘mdan ortiq kreditlar ajratildi.

Bugungi kunda «O‘zmilliybank» AJ Andijon viloyati Bosh boshqarmasi tarkibida 3 ta BXM (Andijon amaliyot BXM, Asaka BXM, Marxamat BXM), 4 ta BXO (Shaxrixon BXO, Paxtaobod BXO, Izboskan BXO va Qo‘rg‘ontepa BXO) mavjud.

Bundan tashqari, aholiga valyuta amaliyotlarida qulayliklar yaratish maqsadida viloyat hududida bank xizmatlari markaziga tegishli 21 ta valyuta ayirboshlash shoxobchasi va 24/7 rejimda xizmat ko‘rsatuvchi 3 ta avtomatlashtirilgan valyuta ayirboshlash shoxobchasi (bankomat) xizmat ko‘rsatmoqda.
Xulosa qilib aytganda, «O‘zmilliybank» nafaqat mijozlar uchun, shuningdek, mamlakatimiz iqtisodiyoti ravnaqi uchun ham o‘zini mas’ul deb biladi. Asosiysi, yangi tashabbus va ilg‘or taklifli yurtdoshlarimizni har doim moliyaviy qo‘llab-quvvatlaydi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring