Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Pop tumanida «Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish markazi» ishga tushirildi

Pop tumanida «Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish markazi» ishga tushirildi

Foto: Xalq banki axborot xizmati

Kecha, 27-mart kuni Namangan viloyati Pop tumanida aholini tadbirkorlikka yo‘naltirishga ko‘maklashuvchi «Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish markazi» ishga tushirildi. Bu haqda Xalq banki axborot xizmati ma’lum qildi.

Ushbu markaz ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Sherzod Kudbiyev, aksiyadorlik tijorat Xalq banki Boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari Toxirjon Rahmonov, Namangan viloyati hokimi o‘rinbosari Ayubxon Kamolov hamda boshqalar so‘nggi yillarda mamlakatimizda aholini tadbirkorlikka keng jalb qilish, oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, yoshlarning biznes g‘oyalarini amalga oshirishga har tomonlama ko‘maklashishga alohida e’tibor qaratilayotganini ta’kidlashdi.

Foto: Xalq banki axborot xizmati

Aytish lozimki, Pop tumanida ish boshlagan mazkur markaz O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2019-yil 7-mart kuniqabul qilingan «Hududlarda aholini tadbirkorlikka keng jalb qilish va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»giQarori ijrosi doirasidaaksiyadorlik tijorat Xalq bankining moliyaviy ko‘magida tashkil etildi.

Darhaqiqat, hududlarda oilalarni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb qilishga, ularning barqaror va qo‘shimcha daromad manbaiga ega bo‘lishiga, milliy hunarmandchilik yanada rivojlanishiga, xotin-qizlarning tadbirkorlik tashabbuslari amalga oshirilishiga, yosh tadbirkorlarning istiqbolli g‘oyalari va loyihalari ro‘yobga chiqishiga hamda shu asosda aholining bandligi ta’minlanishiga zamin yaratilmoqda.

Shu bilan birga, aholining mehnat orqali daromad topishga bo‘lgan qiziqishini keskin oshirish, ayniqsa muhtoj oilalarning hunarmandchilik, kasanachilik va boshqa tadbirkorlik faoliyatini, shuningdek, hududlarda foydalanilmayotgan binolarda ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatishni, aholi tomorqalari va bo‘sh ekin maydonlaridan unumli foydalangan holda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish bilan bog‘liq loyihalarni imtiyozli shartlarda moliyalashtirishni tizimli ravishda davom ettirishni taqozo etmoqda.

Foto: Xalq banki axborot xizmati

Aholining daromad topishga qaratilgan muayyan mehnat faoliyati bilan shug‘ullanishiga, oilaviy tadbirkorlik rivojlanishiga har tomonlama ko‘maklashish maqsadida Pop tumanida tashkil etilgan «Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish markazi» ham hududda ko‘plab yangi ish o‘rinlari yaratilishiga zamin yaratadi.

Ta’kidlash lozimki, Pop tumanidagi tijorat banklari tomonidan «Har bir oila – tadbirkor» dasturi ijrosini ta’minlash maqsadidabir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Misol uchun Pop tumanida mavjud 77 tamahalla fuqarolar yig‘iniga biriktirilgan bank xodimlarihar bir xonadonga kirib, tadbirkorlik bilan shug‘illanish niyatidagi fuqarolar ro‘yxati shakllantirilmoqda. Ayni paytgacha o‘rganishlar natijasida 2 mingdan ortiq xonadon egalari 28.0 mlrd. so‘mlikdan ortiq imtiyozli kredit olish istagini bildirgan. 

Qolgan xonadonlarda esa o‘rganish ishlari davom ettirilmoqda.

Pop tumanidagi «Nilufar Barhayot» fermer xo‘jaligi tomonidan Qozog‘iston davlatidan jami 15 ming bosh naslli qo‘y olib kelish rejalashtirilgan bo‘lib, bugungi kunga qadar ushbu fermer xo‘jalikka dastlabki bosqichda 1200 bosh naslli qo‘y olib kelish uchun AT Xalq banki 120 ming AQSh dollari miqdorida kredit ajratib berildi.

Birgina mart oyi davomida Pop tumanidagi tijorat banklari tomonidan 283 ta loyihaga 4 mlrd 413 mln. so‘mlik kreditlar ajratildi. Buning natijasida Pop tumani bo‘yicha 300 ga yaqin yangi ishchi o‘rni yaratildi.

Foto: Xalq banki axborot xizmati

Ushbu markaz ochilish marosimi doirasida tumandagi tarbirkorlar tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar ko‘rgazmasi ham tashkil etildi.

Ma’lumot uchun: «Har bir oila — tadbirkor» dasturi doirasida nazarda tutilgan loyihalar va tadbirlarni moliyalashtirish O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi hamda xalqaro moliya institutlari kredit liniyalari mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.

Imtiyozli kreditlar oilaviy tadbirkorlik, daromad topishga qaratilgan muayyan mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish va faoliyat turini kengaytirish istagini bildirgan aholi hamda tadbirkorlik sub’yektlariga yillik 8 foiz stavkada 3-6 oygacha bo‘lgan imtiyozli davr bilan 3 yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga ajratiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring