Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident qarori: oilaviy tadbirkorlik uchun 300 million dollar ajratiladi

Prezident qarori: oilaviy tadbirkorlik uchun 300 million dollar ajratiladi

«Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Prezident qarori (PQ–18 son, 25.01.2023- y.) qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, 2023-yilda Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida loyihalarni moliyalashtirish uchun «Agrobank» ATB, «Mikrokreditbank» ATB va AT Xalq bankiga alohida tasdiqlanadigan taqsimotga asosan 300 million AQSh dollari ekvivalentidagi mablag‘lar 3 yillik imtiyozli davr bilan 7 yil muddatga 10 foiz stavkada ajratiladi.

Eslatib o‘tamiz, 25-yanvar kuni prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida tadbirkorlar faoliyatini kengaytirish uchun kredit miqdori amaldagi 225 million so‘mdan 300 million so‘mgacha oshirish nazarda tutilgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring