Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident qarori: Tikuv-trikotaj majmualarida 80 ming yangi ish o‘rni yaratiladi

Prezident qarori: Tikuv-trikotaj majmualarida 80 ming yangi ish o‘rni yaratiladi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Respublika hududlarida tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, respublikada tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarishga mo‘ljallangan majmualar yaratiladi.

Mazkur majmualar «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasiga a’zo korxonalarga yoki tikuv-trikotajga ixtisoslashgan tadbirkorlarga 5 yilga, 10 foizdan oshmagan stavkada lizing asosida yoki sotib olish sharti bilan ijaraga beriladi.

Tijorat banklari majmualarda tikuv-trikotaj mahsulotlarini ishlab chiqarishni mablag‘ bilan ta’minlash uchun qisqa muddatli kreditlar ajratadi.

Shuningdek, majmualarda amalga oshiriladigan loyihalar 2022-yil 1-yanvargacha quyidagilardan ozod etildi:

  • tayyor tikuv-trikotaj majmualari ijaraga berilgan kungacha foyda va mol-mulk solig‘idan;
  • respublikada ishlab chiqarilmaydigan texnologik asbob-uskunalar, butlovchi buyumlar, qurilish materiallari uchun bojxona to‘lovlaridan.

«O‘zpaxtasanoat» AJga tarkibiga kiruvchi tikuv-trikotaj korxonalariga birja orqali paxtani sotib olish huquqi berildi.

Majmualarda amalga oshiriladigan loyihalar hisobidan jami 80 ming 880 ta yangi ish o‘rni yaratiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring