Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident qarori: Tovarlarni markirovkalashning zamonaviy usullari joriy etiladi

Prezident qarori: Tovarlarni markirovkalashning zamonaviy usullari joriy etiladi

Foto: «Norma.uz»

Alohida turdagi tovarlarni markirovkalashning zamonaviy usullarini joriy etishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risidagi Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.

Qarorga muvofiq, 2019-yilning 1-avgustidan boshlab, tovarlar toifasidan kelib chiqib, import qilinadigan va respublikada ishlab chiqariladigan tovarlarni himoyalangan belgi va (yoki) nano-molekulyar texnologiyadan foydalangan holda majburiy markirovkalash bosqichma-bosqich joriy etiladi.

Majburiy markirovkalash joriy etilgan sanadan boshlab, ushbu qaror bilan tasdiqlangan ro‘yxatdagi markirovkalanishi majburiy bo‘lgan tovarlarni O‘zbekiston Respublikasi hududida markirovkasiz sotish taqiqlanadi.

Markirovkalanishi majburiy bo‘lgan tovarlar guruhlari ro‘yxatiga yangidan qo‘shilgan tovarlarni, ular ro‘yxatga kiritilgan kundan boshlab 180 kun mobaynida markirovkasiz sotilishiga ruxsat etiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring