Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev uch viloyat hokimiga topshiriq berdi

Shavkat Mirziyoyev uch viloyat hokimiga topshiriq berdi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Yig‘ilishda mutasaddilarga yana 1,5 milliard dollarlik yangi loyihalar ro‘yxatini shakllantirish, Samarqand, Toshkent, Farg‘ona viloyatlari hokimlariga Toshkent shahridagi «Texnopark» kabi elektrotexnika klasterlarini yo‘lga qo‘yish topshirildi.

Misni qayta ishlashni joriy yilda 37 foizdan 50 foizga, 2026 yilda 70 foizga yetkazish maqsadi belgilandi.

Buning uchun Ohangaron tumanidagi yangi mis klasterida 168 million dollarlik 12 ta loyiha doirasida yana 90 ming tonna misni qayta ishlaydigan quvvatlar yaratiladi.

Yig‘ilishda muqobil elektr energiyasi loyihalarini mahalliy butlovchi qismlar bilan ta’minlash masalasi ham muhokama qilindi. Shuningdek:

  • xonadonlarga muqobil energiyada ishlaydigan suv isitish tizimini o‘rnatish xarajatlari 30 foizgacha qoplab beriladi;
  • bog‘cha, maktab, kasalxona va boshqa ijtimoiy ob’yektlarda muqobil energiyada ishlaydigan suv isitish tizimlarini, ko‘chalarda esa, quyosh energiyasida yoritish moslamalarini o‘rnatish bo‘yicha alohida dastur qabul qilinadi.

Bu maqsadlarga har yili kamida 100 milliard so‘m yo‘naltiriladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring