Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mamlakatda biznes faoliyatni yaxshilash bo‘yicha qanday takliflaringiz bor?

Mamlakatda biznes faoliyatni yaxshilash bo‘yicha qanday takliflaringiz bor?

Foto: «BMTTD»

Jahon bankining «Doing Business-2018» reyting ko‘rsatkichi mamlakatimizda biznes faoliyatini yuritishning shart-sharoitlarini baholab, unga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi 190 ta mamlakat orasidan 74-o‘rinni egallaganligi ma’lum qildi.

Bu ko‘rsatkich «Doing Business-2017» hisobotidagi o‘ringa nisbatan ijobiyroq bo‘lca-da, joylardagi ayrim shart-sharoitlar yaxshilanishi kerakligini bildiradi.

Shu maqsadda, BMT Taraqqiyot Dasturi O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi hamda Oliy Majlis Senati bilan hamkorlikda mamlakatimizda biznes faoliyatini yuritishning shart-sharoitlarini aniqlash maqsadida tadbirkorlar o‘rtasida so‘rovnoma tashkilashtirdi.

So‘rovnoma mamlakat hududlaridagi tadbirkorlik sub’yektlarining faoliyatida yuz berayotgan muammo va to‘siqlarni aniqlab olish maqsadida tuzilgan.

Ushbu so‘rovnoma natijalari asosida O‘zbekiston Respublikasida biznes yuritish muhitini yaxshilash maqsadida hukumat, mas’ul vazirlik va idoralar, davlat organlari uchun tavsiyalar ishlab chiqiladi.

O‘zbekistonda biznes faoliyatini yuritayotgan tadbirkorlar ushbu so‘rovnomada ishtirok etishga taklif etiladi. Sizning izohlaringiz va takliflaringiz  O‘zbekiston Respublikasida biznes faoliyatini yuritishning shart-sharoitlarini yaxshilashga yordam beradi, deyiladi BMT Taraqqiyot Dasturi tomonidan tarqatilgan xabarda.

O‘zbek tilidagi so‘rovnoma: https://goo.gl/forms/vXUxxzqrllC0SWCL2

Rus tilidagi so‘rovnoma: https://goo.gl/forms/yr2DzzD1fkWOeJH22

Ingliz tilidagi so‘rovnoma: https://goo.gl/forms/PVdpTj5WABNCXqxg2

So‘rovnoma 1-aprelgacha davom etadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring