Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qishloq xo‘jaligiga investitsiya kirituvchilarga tanlovsiz, hokimning qarori bilan yer ajratiladi

Qishloq xo‘jaligiga investitsiya kirituvchilarga tanlovsiz, hokimning qarori bilan yer ajratiladi

Foto: «Biznes idei»

«Fermer xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalari yer maydonlarini maqbullashtirish hamda qishloq xo‘jaligi ekin yerlaridan samarali foydalanishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» Hukumat qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, bir gektar yer maydoni uchun paxta-g‘allachilik loyihasiga 2 ming AQSh dollari ekvivalenti miqdorida hamda sabzavot-g‘allachilik, bog‘dorchilik-uzumchilik, sabzavot-polizchilik loyihalariga 5 ming AQSh dollari ekvivalenti miqdorida to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya kiritadigan talabgorlarga va klaster korxonalariga tuman sektor rahbarining tavsiyasiga ko‘ra tanlov o‘tkazmasdan tuman hokimining qaroriga asosan yer uchastkalari ajratiladi.

Qishloq xo‘jaligi korxonalari yer uchastkalarining hajmlari ularning faoliyat yo‘nalishlaridan kelib chiqqan holda quyidagicha belgilanadi:

•  paxtachilik va g‘allachilik yo‘nalishidagi qishloq xo‘jaligi korxonalari yer uchastkalari maydonlarining eng kam o‘lchami – 100 gektar;

•  g‘allachilik va sabzavotchilik yo‘nalishidagi qishloq xo‘jaligi korxonalari yer uchastkalari maydonlarining eng kam o‘lchami – 20 gektar;

•  bog‘dorchilik va uzumchilik yo‘nalishidagi qishloq xo‘jaligi korxonalari yer uchastkalari maydonlarining eng kam o‘lchami – 10 gektar;

•  sabzavotchilik va polizchilik yo‘nalishidagi qishloq xo‘jaligi korxonalari yer uchastkalari maydonlarining eng kam o‘lchami – 5 gektar;

•  chorvachilik yo‘nalishidagi qishloq xo‘jaligi korxonalari yer uchastkalarining hajmlari qonunchilikda belgilangan tartibda mavjud shartli mol bosh sonidan kelib chiqqan holda belgilanadi.

Qishloq xo‘jaligi korxonalari yer uchastkalarining o‘lchami yuqorida nazarda tutilgan miqdorlardan kam bo‘lgan taqdirda, ularni maqbullashtarishga asos bo‘ladi.

Maqbullashtirish jarayonida tuman hokimliklari zaxirasiga qaytarilgan yer uchastkalari, birinchi navbatda to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya kiritadigan, moliyaviy holati yaxshi va qishloq xo‘jaligi texnikalariga ega ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklari, paxta-to‘qimachilik klasterlari, eksport qiluvchi va qayta ishlovchi korxonalarga beriladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring