Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qoramollar soni eng ko‘p bo‘lgan to‘rt hudud nomi ma’lum qilindi

Qoramollar soni eng ko‘p bo‘lgan to‘rt hudud nomi ma’lum qilindi

Foto:«Xabar.uz»

2021-yilning 1 aprel holatiga ko‘ra, barcha toifadagi xo‘jaliklarda yirik shoxli qoramollar bosh soni 2020 yilning mos davriga nisbatan 180,2 ming boshga ko‘payib, ularning umumiy soni 12 925,7 ming boshga yetdi.

Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumot berdi.

respublikadagi jami yirik shoxli qoramollar bosh sonining 92,9 % i dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklari hissasiga to‘g‘ri keladi.

Yirik shoxli qoramollar umumiy bosh sonining eng asosiy ulushi qo‘yidagicha:

- Qashqadaryo viloyati – 12,4 foiz
- Samarqand viloyati – 12,1 foiz
- Buxoro viloyati – 9,6 foiz
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 8,7 foiz

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring