Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Quduqdagi gaz hudud yaqinidagi qishloqlarga yetkazib beriladi

Quduqdagi gaz hudud yaqinidagi qishloqlarga yetkazib beriladi

«Nomozboy» konidagi 3-sonli quduqning ishlamay turgan holati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 9 martdagi «2017 – 2021 yillarda uglevodorod xom ashyosini qazib olishni oshirish dasturini tasdiqlash to‘g‘risida»gi qarori doirasida amalga oshirilgan ishlar natijasida Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi tomonidan «Nomozboy» konidagi ishlamay turgan 3-sonli quduq qayta ta’mirlandi.

«Nomozboy» konidagi 3-sonli quduqda olib borilayotgan ish jarayoni

Hozirda ushbu quduq qayta ta’mirlanib, 3000 metr chuqurlikdan kuniga 20 ming kub metr sanoat miqyosidagi gaz oqimi olina boshlandi.

Ushbu quduqdagi past bosimli gaz zavodgacha yetib bormasdi. Shu bois, «O‘zbekneftgaz» AJ rahbariyati quduqdagi gazni shu yerning o‘zida separatsiyalab, hudud yaqinida joylashgan qishloqlar aholisiga yetkazib berishga qaror qildi.

Ayni paytda quduqdan olinayotgan gazni separatsiya qilish uchun Gaz separator qurilmasini qurish ishlari hamda quvur tortish ishlari yakuniga yetdi.

«Nomozboy» konidagi 3-sonli quduqga quvur tortish jarayoni

Ma’lumot uchun: Gazni yer qa’ridan qazib olish ko‘p bosqichlardan iborat murakkab jarayondir. Buning uchun quduqlarni qidirish, burg‘ilash va qurish, ularni ta’mirlash, shuningdek, qazib olingan gazni tozalash ishlarini o‘z ichiga qamrab oladi.

Gazni separatsiyalash jarayonida esa quduqdan olinayotgan gazdan suyuq fazalarni ajratib olish amalga oshiriladi.


«O‘zbekneftgaz» AJ Matbuot xizmati

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring