Shavkat Mirziyoyev Jahon banki vitse-prezidentini qabul qilmoqda

Ayni paytda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasi bo‘yicha vitse-prezidenti Anna Berdeni qabul qilmoqda.
Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.
Kun tartibidagi masalalar - kambag‘allikka qarshi kurashish, energetika tarmog‘ini transformatsiya qilish, davlat korxonalarini xususiylashtirish sohalarida amaliy hamkorlikni kengaytirish, ijtimoiy dasturlarni qo‘llab-quvvatlash va hokazo.
Ta’kidlash joizki, Jahon banki ishtirokidagi amaldagi loyihalar portfeli keyingi bir necha yilda 2 barobar ko‘paygan. Umuman, bankning O‘zbekistonga investitsiyalari hajmi 10 milliard dollarga yetgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter