Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Soliqchilarning oyligi oshiriladi

Soliqchilarning oyligi oshiriladi

Foto: «Xabar.uz»

Adliya vazirligi tomonidan qonun hujjatlari mazmun-mohiyati va ahamiyatini aholiga yetkazish maqsadida navbatdagi «Adliya axboroti» nomli brifing tashkil etildi.

Brifingda Prezidentning 5 ta qarori, Vazirlar Mahkamasining 6 ta qarori, 3 ta idoraviy-normativ hujjatning mazmun-mohiyati bo‘yicha tushuntirish berildi.

Xususan, O‘zbekiston Prezidentining 2018-yil 22-iyundagi «Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori, «Odamning immunitet tanqisligi virusi keltirib chiqaradigan kasallik tarqalishiga qarshi kurashish va shifoxona ichki infeksiyalarini profilaktika qilish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori, 2018 yil 26 iyundagi «Ilg‘or fermer», «Mehnatkash dehqon», «Namunali tomorqachi» ko‘krak nishonlarini ta’sis etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori, 2018 yil 26 iyundagi «Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori bo‘yicha qisqacha ma’lumot berildi.

Masalan, Prezidentning 2018-yil 22-iyundagi «Odamning immunitet tanqisligi virusi keltirib chiqaradigan kasallik tarqalishiga qarshi kurashish va shifoxona ichki infeksiyalarini profilaktika qilish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq OIV infeksiyasini profilaktika va diagnostika qilish, uni davolash bo‘yicha tibbiy-ijtimoiy yordamni kengaytirishning asosiy yo‘nalishlari belgilanib, OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish bo‘yicha kompleks tadbirlar rejasi tasdiqlandi.

Prezidentning 2018-yil 26-iyundagi «Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori bilan 2019-yil 1-yanvardan davlat soliq xizmati organlari xizmat ko‘rsatish, savdo va umumiy ovqatlanish sohasidagi tadbirkorlik sub’yektlari uchun yagona soliq to‘lovini, yagona yer solig‘ini, yuridik shaxslardan yer solig‘ini, shuningdek, bank aylanmalari haqidagi ma’lumotlar, shuningdek, boshqa tashqi manbalar asosida deklaratsiya qilinadigan daromadlar bo‘yicha jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini hisoblash tarzida soliq to‘lovchilarga servis xizmatlari ko‘rsatishi hamda hisoblangan soliqlar summasi haqida soliq to‘lovchining «shaxsiy kabineti» orqali xabarnoma yuborishi belgilandi.

Qarorga muvofiq Davlat soliq qo‘mitasining «Respublika axborot-maslahat markazi» va «Soliq deklaratsiyalarini qayta ishlash markazi» davlat unitar korxonalari negizida «Soliq-servis» davlat unitar korxonasini uning hududiy markazlarini tuzgan holda tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullandi.

Shuningdek, Soliq akademiyasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi malaka oshirish markazi etib qayta tashkil qilindi.

2018-yil 1-avgustdan mahalliy budjetlarning daromad bazasini kengaytirish zaxiralarini aniqlash faoliyatini moddiy rag‘batlantirish va korrupsiya holatlarining oldini olish maqsadida Yagona tarif setkasi bo‘yicha mehnatga haq to‘lashning tasdiqlangan razryadlariga muvofiq davlat soliq xizmati organlari xodimlarining lavozim maoshini belgilashda tarif koeffitsiyenti 1,7 baravar oshirilgan miqdorda qo‘llanishi belgilandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring