Toshkentda 100 MVt quvvatli elektr energiyasini saqlash tizimi quriladi

24-iyul, payshanba kuni «Wind and Solarshine for electricity distribution panels manufacturing» MChJ va «China Energy International Group» o‘rtasida «yashil» energetikani rivojlantirish va mamlakat energetika infratuzilmasini modernizatsiya qilishga qaratilgan uchta shartnoma imzolandi.
Jumladan, Buxoro viloyatining Peshku tumanidagi 500 MVt quvvatli shamol elektr stansiyasi loyihasi bo‘yicha konsultatsiya ko‘rsatish bitimi imzolandi. Qayd etilishicha, loyiha mintaqadagi eng yirik loyihalardan biri bo‘lib, yuz minglab xonadonlarni toza energiya bilan ta’minlashga xizmat qilmoqda.
Shuningdek, ikki tomon Toshkent shahrida 100 MVt quvvatli elektr energiyasini saqlash tizimi loyihasi bo‘yicha konsultatsiya ko‘rsatish bitimi hamda qurilish ishlarini bajarish uchun EPC shartnomasini ham imzoladilar.
Ushbu loyihalar O‘zbekistonning barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish va kam uglerodli iqtisodiyotga o‘tish bo‘yicha milliy dasturining bir qismi bo‘lib hisoblanadi.
Manba: t.me
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter