Xorazm mahsulotlarini Kaspiy dengizigacha tashish xarajatlari 100 foiz qoplab beriladi
Xorazmda kelgusi besh yilda eksport 2,5 barobarga ortib, yillik 500 million dollarga yetkazilishi kutilmoqda. Bu xaqda viloyatga saylovoldi tashrifi bilan kelgan Shavkat Mirziyoyev ma’lum qildi.
«2016-yilga nisbatan mato va tayyor to‘qimachilik mahsulotlarini eksport qilish 10 barobarga oshgan bo‘lsa, 2026-yilgacha yana kamida 5 barobarga oshirilishi kutilmoqda.
Buning uchun, yaqinda Turkmaniston bilan Shovotda chegaraoldi savdo zonasini tashkil etish va chegara-o‘tkazuv punktini ochish bo‘yicha kelishuvga erishdik.
Natijada, Ashxobodgacha masofa 400 kilometrga, transport xarajatlari 1,5 marta qisqaradi.
Shuningdek, viloyatda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni eksport qilishda, Kaspiy dengizigacha bo‘lgan transport xarajatlari 100 foiz qoplab beriladi», - dedi Shavkat Mirziyoyev.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter