Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Turizm va madaniy meros vazirligida Davlat bayrog‘i qabul qilinganining 31 yilligi nishonlandi

Turizm va madaniy meros vazirligida Davlat bayrog‘i qabul qilinganining 31 yilligi nishonlandi

Foto: Xabar.uz

Bugun, 18-noyabr — O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i to‘g‘risidagi qonun qabul qilingan kun.

Davlat bayrog‘i suverenitetimiz, tinchligimiz, mustaqilligimiz, hududiy daxlsizligimiz ramzi hisoblanadi. Bugun Davlat bayrog‘i qabul qilinganiga 31 yil to‘ldi. Shu munosabat bilan Turizm va madaniy meros vazirligida tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda vazirlik xodimlari ishtirok etdi. 

Ta’kidlash kerakki, tadbirda davlatimiz madhiyasi jamoa tomonidan jo‘r bo‘lib kuylandi va Davlatimiz bayrog‘ining ahamiyati, mustaqilligimizdagi o‘rni alohida e’tirof etildi.

Quvonarlisi, bugun dunyoning turli burchaklarida turli jabhalarda davlatimiz bayrog‘i yuqori ko‘tarilmoqda. Xususan, ayni damda Meksikada o‘tkazilayotgan taekvondo bo‘yicha jahon chempionatida hamyurtimiz Svetlana Osipova mutloq g‘olib bo‘ldi. Shuningdek, Turkiyadagi xalqaro musobaqada Nigora Abdullayeva, Muhammadqodir Toshtemirov kabi sportchilarimiz og‘ir atletika bo‘yicha chempionlikni qo‘lga kiritdi. Qolaversa, shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi o‘z tarixida ilk marta butunjahon shaxmat olimpiadasi chempioni bo‘ldi. Bundan tashqari, sport va fan olimpiadalarida, boks bo‘yicha musobaqalarda va boshqa sohalarda ham xorijiy davlatlarda bayrog‘imiz yanada yuksaklarda hilpirashda davom etmoqda. Bu esa O‘zbekiston fuqarosi, farzandi sifatida har birimizda cheksiz faxr tuyg‘usini uyg‘otadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring