Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yaqin Sharqdagi tanglik oltin narxini oshirdi

Yaqin Sharqdagi tanglik oltin narxini oshirdi

Foto: Ocean Property

Eronga hujumlar haqidagi xabarlardan so‘ng, moliyaviy bozorlardagi xavf-xatarlar fonida, bugun, juma kuni oltin narxi oshdi. Mintaqaviy xatarning kuchayishi xavotirlari xavfsiz aktivlarning jozibadorligini oshirdi, deb xabar berdi CNBC.

Oltin 0,3 foiz qimmatlab, bir troya unsiyasi uchun $2386,05 ni tashkil etmoqda. 1 unsiya — 31,1 gramm.

Oltin quymalari, besh haftadirki, tinmay qimmatlashmoqda. Ushbu haftada narx o‘sishi 2 foiz atrofida bo‘ldi.

«Bozor hujum xususiyati va uning aks-sadosi haqida haqida qo‘shimcha ma’lumotlarni kutmoqda», — dedi  Capital.com moliya bozori tahlilchisi Kayl Rodda.

O‘zbekiston Markaziy banki 17-aprel kuni oltin quymalar va esdalik oltin tangalar narxlarini yangilagan edi. Qimmatbaho metallning 1 grammi narxi 1 mln so‘mdan oshgandi.

O‘sha kungi sana bo‘yicha 5 grammlik oltin quymalar narxi 5 mln 12 ming so‘mni, 15 grammlik esdalik tanga narxi 15 mln 181 ming so‘mni tashkil qilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring