10-may. Simplona, Cherchill va «Zolushka», Mahmud Muxtor, dunyo aylana 84 kun va boshqa voqealar

Bayram va muhim sanalar
- Gullar bayrami (Ozarbayjon).
- Kitoblar kuni (Germaniya).
- Bank xodimlari kuni (Qirg‘iziston).
Voqea-hodisalar
- 1497-yil — Amerigo Vespuchchi Yangi dunyoga ikkinchi sayohatini boshladi.
- 1503-yil — Xristofor Kolumb Kayman orollarini kashf qildi.
- 1534-yil — Jak Karte Nyufaundlendni fransuzlar mulki deb e’lon qildi.
- 1796-yil — Lodi (Italiya) yaqinidagi jangda Napoleon Avstriya qo‘shinini mag‘lubiyatga uchratdi.
- 1811-yil — Angliyada qog‘oz pullar muomalaga kiritildi.
- 1844-yil — Kanada poytaxti Kingstondan Monrealga ko‘chirildi.
- 1854-yil — Dengiz po‘rtanasiga yo‘liqqan «Lady Nugent» yelkanli kemasi cho‘kib ketdi. To‘rt yuzdan ortiq inson halok bo‘ldi.
- 1869-yil — AQShdagi birinchi transkontinental temiryo‘l ishga tushdi.
- 1871-yil — Frankfurt tinchlik shartnomasi tuzilib, Fransiya — Prussiya urushiga nuqta qo‘yildi.
- 1881-yil — Ruminiya qirollik deya e’lon qilindi.
- 1906-yil — Shveysariya va Italiyani bog‘lovchi Simplona temiryo‘l tunneli tantanali ravishda ochildi.
- 1913-yil — Igor Sikorskiyning «S-9» samolyoti birinchi parvozni amalga oshirdi.
- 1940-yil — Buyuk Britaniya qiroli Georg VI, favqulodda vaziyatdan kelib chiqib, Cherchillni bosh vazir etib tayinladi.
- 1947-yil — «Lenfilm» kinostudiyasida «Zolushka» filmining jamoatchilik namoyish-ko‘rigi o‘tkazildi.
- 1950-yil — Gaiti davlat to‘ntarishi ro‘y berib, prezident Dyumarse Estime ag‘darib tashlandi. Hukumat harbiy xunta qo‘liga o‘tdi.
- 1960-yil — AQShning «Triton» atom suvosti kemasi birinchi bo‘lib suv ostida dunyoni aylanib chiqdi. Bunga 84 kun ketdi.
- 1993-yil — Qirg‘iziston o‘z milliy valyutasi — somni muomalaga kiritdi.
- 1995-yil — rubl Tojikiston milliy valyutasiga aylandi.
- 2005-yil — Gruziyaning Ozodlik maydonida terakt sodir etishga urinish bo‘ldi. Gruziya fuqarosi Vladimir Arutyunyan Jorj Bush va Mixail Saakashvili turgan minbarga qarata otgan granata portlamay qoldi.
- 2008-yil — Yevropaning eng yirik Etna vulqoni uyg‘ondi.
Tavallud kunlari
- 1760-yil — Klod Ruje de Lill, fransuz shoiri va bastakori, «Marseleza» muallifi.
- 1788-yil — Jan Ogyusten Frenel, fransuz fizigi. Tomas Yung bilan bir qatorda to‘lqinli optikani yaratgan.
- 1850-yil — Tomas Lipton, ingliz lordi, «Lipton» choy kompaniyasi asoschisi.
- 1864-yil — Leon Gomon, dunyodagi birinchi kinostudiya — «Gaumont»ga asos solgan.
- 1891-yil — Mahmud Muxtor, misrlik haykaltarosh.
- 1903-yil — G‘afur G‘ulom, o‘zbek shoiri va yozuvchisi.
- 1909-yil — Yo‘ldosh A’zamov, o‘zbek rejissyori.
- 1923-yil — Geydar Aliyev, Ozarbayjonning sobiq prezidenti.
- 1929-yil — Fets Domino, rok-n-roll asoschilaridan biri.
- 1956-yil — Vladislav Listev, rossiyalik jurnalist.
- 1969-yil — Dennis Bergkamp, holland futbolchisi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter