Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

2-may. Urushning oxirgi haftasi, Shishabangma, 323 argentinalik, birinchi raqamli terrorchining yo‘q qilinishi va boshqa voqealar

2-may. Urushning oxirgi haftasi, Shishabangma, 323 argentinalik, birinchi raqamli terrorchining yo‘q qilinishi va boshqa voqealar

Kollaj: «Xabar.uz»

Bayram va muhim sanalar

  • O‘qituvchilar kuni (Eron).

Voqea-hodisalar

  • 1509-yil — ispanlar San-Xuan shahri — hozirgi Puerto-Riko poytaxtiga asos solishdi.
  • 1668-yil — Fransiya va Ispaniya o‘rtasida birinchi Aaxen tinchlik shartnomasi tuzildi.
  • 1808-yil — Pireney yarimorolidagi urushlar: Madrid aholisi fransuz mustamlakachilariga qarshi bosh ko‘tardi.
  • 1813-yil — Napoleon urushlari: Lyutsendagi jang.
  • 1919-yil — AQShda birinchi yo‘lovchi tashish avialiniyasi (Los-Anjeles — San-Diyego) ishga tushdi.
  • 1933-yil — Germaniyada kasaba uyushmalari faoliyati taqiqlandi.
  • 1941-yil — Ikkinchi jahon urushi: britan armiyasi Iroqda strategik harbiy amaliyotga kirishdi.
  • 1945-yil — Ikkinchi jahon urushi: Italiyadagi nemis qo‘shini taslim bo‘ldi.
  • 1945-yil — Ikkinchi jahon urushi: Berlin mudofaasi qo‘mondoni Helmut Veydling taslim bo‘lish to‘g‘risidagi buyruqqa imzo chekdi.
  • 1945-yil — Italiyada fuqarolar urushi tugadi.
  • 1949-yil — sobiq ittifoqda futbol musobaqasidan ilk telereportaj «Dinamo» stadionida amalga oshirildi.
  • 1955-yil — Hindiston parlamenti kasta bo‘yicha tahqirlashni man etuvchi qonun qabul qildi.
  • 1957-yil — Janubiy Afrikada britan madhiyasi milliy madhiya sifatida bekor qilindi. Shuningdek, britan bayrog‘i ham bekor bo‘ldi.
  • 1964-yil — xitoylik alpinistlar sakkiz ming metrdan baland cho‘qqilar orasida oxirgisi — Himolay tog‘idagi Shishabangma cho‘qqisini zabt etishdi.
  • 1982-yil — Folklend urushi: britan atom suvosti kemasi Argentinaning «General Belgrano» kreyserini cho‘ktirib yubordi; 323 nafar argentinalik halok bo‘ldi.
  • 1989-yil — Vengriya armiyasi Avstriya bilan chegaradagi 218 kilometrlik tikanli simdevorni buzishni boshladi.
  • 1991-yil — Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 2000-yilga borib OITSni yuqtirganlar soni dunyoda 40 million kishiga yetishini bashorat qildi.
  • 1995-yil — Bosniya serblari Xorvatiya poytaxti Zagrebga raketa zarbalari berishni boshladi.
  • 1997-yil — Toni Bler Buyuk Britaniya bosh vaziri bo‘ldi.
  • 1999-yil — Jomolungmada ingliz alpinisti Jorj Li Mellorining jasadi topildi. U va sherigi Endryu Irvayn 1924-yili qor bo‘roni tufayli yo‘qolib qolgandi.
  • 2005-yil — Honduras prezidenti Rikardo Maduroning samolyoti avariyaga uchradi. Prezident jabrlanmadi.
  • 2011-yil — birinchi raqamli terrorchi — Usoma bin Lodin AQSh maxsus xizmatlari tomonidan o‘ldirildi.
  • 2014-yil — Yevromaydon: Odessa kasaba uyushmalari uyidagi yong‘in.

Tavallud kunlari

  • 1859-yil — Jerom Klapka Jerom, ingliz hajvchi yozuvchisi.
  • 1868-yil — Robert Vilyams Vud, amerikalik fizik, ultrabinafsha fotografiya asoschisi.
  • 1903-yil — Komil Yormatov, o‘zbek aktyori va kinorejissyori, ssenariynavis.
  • 1911-yil — Mirzo Tursunzoda, tojik yozuvchisi.
  • 1942-yil — Jak Rogge, Xalqaro olimpiya qo‘mitasi raisi (2001 — 2013-yillar).
  • 1962-yil — Nabi Jaloliddin, yozuvchi, shoir, jurnalist, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi.
  • 1975-yil — Devid Bekhem, ingliz futbolchisi.
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring