Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

2019 yil boshidan beri soliq idoralarida qancha ijara shartnomasi tuzilgani ma’lum qilindi

2019 yil boshidan beri soliq idoralarida qancha ijara shartnomasi tuzilgani ma’lum qilindi

Davlat soliq qo‘mitasida «Jismoniy shaxslar jami yillik daromadlarini deklaratsiyalash tizimining o‘ziga xos xususiyatlari va ko‘chmas mulk ob’yektlari ijara shartnomalarini soliq organlarida xisobga qo‘yish tartibi» mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tgani haqida xabar bergandik. 

Davlat soliq qo‘mitasi katta inspektori Komil Sayidovning ma’lumot berishicha, 2019 yilning boshidan beri shu vaqtga qadar umumiy hisobda 130 mingta ijara shartnomasi tuzilgan. Shulardan 52 ming 668 tasi jismoniy shahslar hissasiga to‘g‘ri keladi. O‘ziga xos tomoni mazkur shartnomalarning 22 mingdan ziyodi Toshkent shahrida qayd qilingan. 

2019 yilning 1 yanvaridan boshlab ko‘chmas mulkni ijaraga berish va tekin foydalanish shartnomalarini majburiy notarial tasdiqlash bo‘yicha talab bekor qilingan edi. Endilikda ijara shartnomalarini soliq organlarida majburiy hisobga qo‘yish kifoya.

Avvalroq, soliq qo‘mitasi mutasaddisi O‘rikzor» bozorida mijozlardan chek talab qilgan soliqchi va tadbirkor o‘rtasidagi mojaroga izoh bergan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring