4 500 000 so‘m bilan qo‘lga tushgan shifokorga hukm o‘qildi

Farxod Qodirov (ismi-familiyalar o‘zgartirilgan) shifokor: dermotolog. Navoiy viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida ishlaydi. U fuqarolarni muddatli harbiy xizmatni o‘tashini tashkil qilish yuzasidan tuzilgan tibbiy komissiyasi a’zosi ham hisoblanadi. Illo kimnidir muddatli harbiy xizmatga yuborish masalasida biror-bir vakolatga ega emas.
Shunga qaramay fuqaro S. Aliyevning o‘g‘li B. Ro‘ziyevni bir yillik muddatli harbiy xizmatni o‘tashga yuborish masalasini mansabdor shaxslari orqali «hal qilib berish»ni zimmasiga oladi. O‘z-o‘zidan emas, albatta. «Xizmatini» 4 500 000 so‘mga baholadi.
Bu narxga yuzaki rozi bo‘lgan ota to‘g‘ri tegishli organga murojaat qildi: ahvol shunaqa, nima qilasizlar?
Tegishli organ xodimlari qonun nimani ko‘rsatsa, shuni qildi: shifokor to‘rt yarim million so‘m bilan qo‘lga olindi.
Jazo?
Har tugul, shifokor panjara ortiga jo‘natilmadi. Unga nisbatan tayinlangan jarima jazosi (eng kam oylik ish haqining o‘ttiz besh baravari miqdorida!) tegishli xulosa chiqarish uchun yetarliday.
Adiz Avezov,
jinoyat ishlari bo‘yicha
Navoiy shahar sudi sudyasi
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter