Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

9 oyda 78 mlrd so‘mlik gaz o‘g‘irlangan: bu 40 ming xonadonning 1 yillik gaz iste’moli degani

9 oyda 78 mlrd so‘mlik gaz o‘g‘irlangan: bu 40 ming xonadonning 1 yillik gaz iste’moli degani

Foto: «Istra-gaz.ru»

Joriy yilda gaz tarmoqlarini tartibga keltirish bo‘yicha rejalashtirilayotgan chora-tadbirlarning to‘liq amalga oshirilishi natijasida 283 mingta aholi xonadonlarining tabiiy gaz ta’minoti yaxshilanadi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi Matbuot  xizmati ma’lum qildi.

Xususan, kuz-qish mavsumida tabiiy gaz ta’minoti bo‘yicha yuridik iste’molchilarga 18 millriard kub metr, aholi iste’molchilariga esa 11 milliard kub metr tabiiy gaz yetkazib beriladi. Bu esa, o‘tgan mavsumga nisbatan 3 milliard kub metrga ko‘pni tashkil qiladi.

Shuningdek, kuz-qish mavsumida iste’molchilarga 318 ming 600 tonna suyultirilan gaz yetkazib beriladi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 13 ming tonnaga ko‘p.

Biroq, ishlab chiqarish va yetkazib berish hajmi qanchalik oshirilmasin, iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha ob’yektlari va xonadonlarning energiya samaradorligiga e’tibor berilmasa, ko‘rilayotgan choralar samarsini bermasligi mumkin. Buning natijasida tarmoqda uzilish holatlari yuzaga kelishi va iste’molchilarning haqli e’tirozlariga sabab bo‘lishi mumkin.

Misol uchun, tabiiy resurslardan noqonuniy va samarasiz foydalanish holatlari ham tizimga katta miqdorda salbiy ta’sirini ko‘rsatadi.

2021-yil 20-24-sentyabr kunlari o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida respublika bo‘yicha tabiiy gazdan 67 ta noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi.

Ushbu qisqa 4 kun ichida 1 millon 379 ming kub metr tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilgan.  Taqqoslash uchun, ushbu hajmdagi tabiiy gaz hozirgi kunda 130 mingta xonadonning 1 kunlik gaz iste’molini tashkil qiladi.

Ushbu noqonuniy foydalanish holatlarining eng ko‘pi Xorazm, Farg‘ona va Toshkent viloyatlariga to‘g‘ri keladi.

Shu o‘rinda joriy yilning 9 oyida respublika bo‘yicha tabiiy gazdan jami 2 ming 535 ta noqonuniy foydalanish holatlari aniqlangan.

Buning natijasida 86 million 923 ming kub metr yoki 77 milliard 877 million so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilgan.

Taqqoslash uchun ushbu miqdordagi hajm hozirgi kunda 40 mingta xonadonning qariyb 1 yillik iste’molini tashkil etadi, deyiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring