Abrorjon Po‘latov Prezident Administratsiyasi rahbari kotibiyati mudiri o‘rinbosari bo‘ldi
Abrorjon Masutovich Po‘latov Prezident Administratsiyasi rahbari kotibiyati mudiri o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Mazkur tayinlov PA rahbari farmoyishi bilan amalga oshirildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Abrorjon Po‘latov siyosatshunoslik fanlari doktori (PhD) darajasiga ega. U ilgari Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasida ijodiy ishlar bo‘yicha bosh direktor o‘rinbosari lavozimida ishlagan va 2022-yil may oyida O‘zbekiston Milliy ommaviy axborot vositalari assotsiatsiyasi bosh direktori va boshqaruv raisining o‘rinbosari etib tayinlangan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter