Aft-angoriga qarab «cho‘ntagidagi pulni sanash» mumkin
Glazgo universiteti o‘tkazgan tadqiqot qatnashchilari odamlarning yuziga qarab, ular qancha daromad olishini 68 foiz holatda to‘g‘ri topishdi, deyiladi «Hussle» xabarida.
Tadqiqotchilar tanishuvlar saytidan erkak va ayollarning 160 ta fotosuratini olib, tahirlashdi: oq-qoraga aylantirishdi, pirsing va tatuirovka izlarini yo‘qotishdi.
Tadqiqot qatnashchilariga shu suratlardagi har bir odam yiliga qanchadan daromad ($35 mingdan kam yoki $150 mingdan ko‘p) qilishini topish vazifasi topshirildi. O‘ylash uchun atigi 30 soniya vaqt berildi.
Shunisi aniqlandiki, sinovda qatanashayotganlar boylarni ularning ko‘zlari va lablariga qarab to‘g‘ri topishgan: hatto kishi kulmayotgan, neytral-xotirjam holatda bo‘lsa ham uning yuz-ko‘zidan farovon va saodatli umr kechirayotgani shundoqqina sezilib turarkan. Qatnashchilar suratga atayin kulib tushgan erkak va ayollarning moliyaviy holatini aniqlashdagina qiynalishgan.
Demak, tadqiqotchilarga ko‘ra, kishining moddiy farovonligi haqida tasavvur hosil bo‘lishi uchun yarim soniya (sekund) ham kifoya ekan. Shunisiyam e’tiborliki, kishining boyligi haqida to‘g‘ri qaror chiqarishda tashqi alomatlar: qimmat kiyim, soch turmagi, bezak-taqinchoqlar unchalik rol o‘ynamas ekan. Xullas, rosmana boy insonni atrofdagilarga ta’sir etuvchi ichki olami orqali kashf etish ko‘proq haqiqatga yaqin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter