Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Siz dangasa emassiz yoxud kattalardagi giperaktivlikning ko‘pchilik bilmaydigan belgilari

13/10, 20:10

Siz mas’uliyatlisiz, ammo bir ishni boshlashingiz juda kiyinmi? Bir zumda bir fikrdan ikkinchisiga o‘tasiz, mayda narsalarga chalg‘ib ketasiz, ba’zan shoshilib gapirasiz-u, keyin aytgan gapingizdan afsuslanib yurasizmi? Kechasi uxlashga shuncha harakat qilsangiz ham, miyangiz guyoki to‘xtamay ishlayotgandekmi?

Tabassumning 15 mo‘jizaviy siri

11/10, 18:38

Tasavvur qiling: siz charchab, xafa bo‘lib ishdan qaytyapsiz. Yo‘lda notanish bir inson yuzingizga samimiy tabassum bilan qaraydi. U sizga hech qanday maslahat bermadi, yordam ham ko‘rsatmadi. Ammo ko‘nglingizda nimadir o‘zgardi: o‘zingizni yengil his qildingiz. Nega?

Maktabdagi zo‘ravonlik: mas’uliyat oiladami yoki maktabda? (video)

10/10, 13:21

Xo‘sh, boladagi xavf belgilarini birinchi bo‘lib kim sezadi? Bu belgilarni payqagan kattalar nima qilishi kerak? Bunday aralashuv samarali bo‘lishi uchun oila, o‘qituvchi, maktab ma’muriyati va atrof-muhit o‘rtasida qanday ishonch muhiti bo‘lishi lozim? Ushbu savollarga mutaxassis javob beradi.

«Pul tugab qoladi, dunyo xavfli...» yoxud ziqnalikni bartaraf etuvchi 11 qoida

20/09, 10:10

Ilmiy tadqiqotlarga ko‘ra, har qanday psixologik muammoni hal qilish uni tan olishdan boshlanadi. Ziqnalikning ildizi ko‘pincha bolalikdagi moddiy yetishmovchiliklar yoki oiladagi pul bilan bog‘liq stresslarga borib taqaladi. O‘zingizga savol bering: «Men pul yo‘qotishdan qo‘rqyapmanmi yoki pulsiz qolsam qadrsizlanib qolishdanmi?»

Xafa bo‘lganlar... bu – dahshat!

02/08, 14:37

Xafa bo‘lish, ranjish yaxshi emas. To‘g‘ri, kimdir sizga qo‘pol-qo‘rs gapirishi, haqorat qilishi mumkin. Hamma gap esa ko‘ngilga olmaslikda!

Omadsizlik ortidagi... ulkan omad

12/07, 12:34

«Men omadsizman, ishim hech o‘ngidan kelmaydi. Pul topishni bilmayman, uddaburon emasman. Qani edi boyib ketsam...» Oramizda shunday deydigan odamlar oz emas. Xo‘sh, ular chindan ham chorasizmi? Balki taqdir bu odamlarni siylashni unutib qo‘ygandir?

 Internetga farzandingizning suratini joylash uchun undan ruxsat so‘raysizmi?..

01/07, 10:26

Mavzu menga yaqin, chunki amaliyotimda ko‘plab ota-onalar bilan ishlayman va bu masala ko‘pchilik uchun tabiiy ko‘rinadi, ammo hech kim uning psixologik oqibatlari haqida o‘ylamaydi.

«Heyt»dan oilaviy zo‘ravonlikkacha: agressiya qanday tarqaladi?

10/06, 18:08

Ko‘pchilik atrofda tajovuzkorlik ko‘paygani, odamlar sabrsiz, jizzaki va qo‘pol bo‘lib borayotganidan noliydi. Katta ehtimol bilan, siz ham shu fikrdasiz. Ertalabki tirbandliklarda, jamoat transportida, ko‘cha-ko‘yda janjallashayotgan odamlarga tez-tez ko‘zimiz tushadi. Ijtimoiy tarmoqlarda ham o‘qituvchi o‘quvchini, er-xotinni, ayol erning jazmanini kaltaklagan videolar odatiy holga aylangan. Nega hammamiz arzimagan sababni deb quyushqondan chiqadigan bo‘lib ketdik?

Eski buyumlar asirligidan qanday qutulish mumkin?

27/05, 12:35

Barchamizning xonadonimizda shunday bir kichik joy bor, masalan, shkaf burchagi, stol tortmasi, balkon yoki kichik omborxona. Biz u yerni kamdan-kam hollarda ochamiz va asosan «kun kelib kerak bo‘lib qolishi mumkin» bo‘lgan narsalarni yashirish uchun foydalanamiz. Aslida esa, bular voz kechib, tashlab yuborishga ko‘zimiz qiymayotgan keraksiz buyumlardir.

Yo‘q deyolmaslik — eng xavfli odat!

14/05, 15:01

Siz ham “yo‘q” deya olmaydiganlardanmisiz? Ko‘pchilik buni oddiy muloyimlik deb o‘ylaydi. Ammo psixologlarning aytishicha, doim hammaga qulay bo‘lib yashash — insonni ich-ichidan asta-sekin kemira boshlaydi. Nega ba’zi odamlar rad eta olmaydi? Bu odat qanday qilib ichki g‘azab va ruhiy charchoqqa aylanadi? Eng asosiysi — bundan qanday chiqish mumkin? Quyidagi maqolada aynan shu haqda.

Yana