Akademik O‘tkir Rasulev vafot etdi
O‘zbek ilm-fani og‘ir judolikka uchradi. Fizikaviy elektronika sohasida jahonda tanilgan yirik olim, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi Rasulev O‘tkir Hasanovich 4-may kuni 82 yoshida vafot etdi, deb xabar bermoqda O‘zFA.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Prezidiumi a’zosi, Davlat mukofotlari sovrindori O‘tkir Rasulev 1939-yil 11-iyulda Toshkent shahrida xizmatchi oilasida tug‘ilgan.
Ma’lumot uchun, O‘tkir Rasulev 1985—2007-yillarda Fanlar Akademiyasining Elektronika institutiga rahbarlik qilgan. Uning rahbarligida va bevosita ishtirokida sirtiy ionlashuv usullari va asboblarni patentlash ishlari olib borilgan va natijada Rossiya, Germaniya, AQSh, Shveysariya, Italiya, O‘zbekistonning patentlari olingan. Rasulev rahbarligida va bevosita ishtirokida 30 dan ziyod institut xodimlari Xalqaro Soros jamg‘armasining individual va uchta tadqiqot grantlarini olgan.
«Xabar.uz» jamoasi olimning vafoti munosabati bilan uning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildiradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter