Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Akmal Burhonov salkam bir soat «nafas olmay» gapirdi

Akmal Burhonov salkam bir soat «nafas olmay» gapirdi

Bugun Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Qator ommaviy axborot vositalari xodimlari  va blogerlar ishtirok etgan tadbirda yangi tashkil etilgan agentlik tomonidan o‘tgan ikki oy davomida amalga oshirilgan ishlarhamda kelajak rejalar haqida so‘z yuritildi.

Agentlik direktori Akmal Burhonov «to‘lib» yurgan ekan, salkam bir soat davomida «to‘kilib-to‘kilib» gapirdi. Gapirgandayam  to‘xtalishlarsiz (pauzasiz), ta’bir joiz bo‘lsa, «nafas olmay» so‘zlardiki, bundan ishtirokchilarning peshonasi tirishmadi,  esnoq tutganlar ham bo‘lmadi hisob.

Aytdiki:

1

...korrupsiya illati bu dunyoda eng ildiz otgan global muammolardan biri hisoblanadi. BMT ma’lumotlariga ko‘ra korrupsiya jahon iqtisodiyotiga yiliga 2.6 trillion AQSh dollari zarar keltirmoqda. Hatto eng rivojlangan davlatlarda ham korrupsiyaga to‘liq barham berilmagan. Afsuski, O‘zbekistonda bu masalada vaziyat juda jiddiy. Birgina Transparency international xalqaro tashkilotining Korrupsiyani qabul qilish indeksida O‘zbekiston 180 davlat ichida 153 o‘rinni egallagani ortiqcha izohni talab etmaydi.

2

Davlatimiz rahbari shu yilning 29-iyun kuni  «O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmoni bilan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha yagona davlat siyosatini amalga oshiradigan adohida organ – Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining tashkil etildi. Bu mamlakatimizda mazkur illat bilan Davlat darajasida kurashishga astoydil bel bog‘langanini anglatadi. Buni nafaqat O‘zbekiston fuqarolari, balki, xalqaro hamjamiyat ham jiddiy siyosiy iroda sifatida qabul qilishmoqda.

Prezidentning mazkur farmoni bilan Agentlik zimmasiga bir qator vazifalar yuklatilgan.

3

Ushbu vazifalarni amalga oshirishni tizimli yo‘lga qo‘yish maqsadida agentlik bir qator tashkiliy-huquqiy va amaliy choralarni ko‘rmoqda. Shu o‘rinda alohida ta’kidlash kerakki, hammamizga ma’lum – O‘zbekiston 2008-yilda BMTning korrupsiyaga qarshi konvensiyasiga a’zo bo‘lgan. Mazkur konvensiyada unga a’zo davlatlarga bir qator majburiyatlar yuklatilgan. Xususan, Konvensiyaning 6-moddasida har bir ishtirokchi-davlat tegishli davlat siyosatini olib boradigan, nazorat qiladigan va muvofiqlashtiradigan mustaqil organ tashkil etilishi belgilangan.

Mazkur konvensiya implementatsiyasini o‘zaro baholash maqsadida Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining Korrupsiyaga qarshi kurashish tarmog‘i doirasida Istanbul harakatlar rejasi monitoringi tizimi mavjud (ushbu subregional dastur 2003-yilda tuzilgan, O‘zbekiston 2010-yilda qo‘shilgan).

Mazkur dastur doirasida O‘zbekistonda 2015-yilda o‘tkazilgan 3-raund monitoringida O‘zbekistonga 23 ta tavsiyalar berilgan, 2019-yilda o‘tkazilgan 4-raund monitoringi natijalariga ko‘ra, O‘zbekistonda mana shu 23 ta tavsiyadan faqatgina 3 tasi to‘liq bajarilgan,10 tasi qisman bajarilgan.

Agar mana shu tavsiyalarning barchasi to‘liq implementatsiya qilinsa, sohada sezilarli o‘zgarish bo‘ladi.

4

Prezident Farmoni talablaridan kelib chiqib, Agentlik xodimlarining tarkibini yurisprudensiya, iqtisodiyot, moliya, soliq, audit, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va boshqa sohalar bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislar, birinchi navbatda, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida amaliy ish tajribasiga ega shaxslar orasidan to‘ldirilishiga e’tibor qaratildi. Jami 30 nafar lavozimga tanlov e’lon qilindi. Tanlovga respublikaning barcha hududlaridan jami 13 ming 186 ta arizalar kelib tushdi.Besh bosqichda amalga oshirilgan tanlov yakunlariga ko‘ra, 10 nafar nomzod ishga qabul qilinganidan xabardorsiz. Shu bilan birga konkursdan o‘ta olmagan  kadrlar, shu jumladan test sinovlarida ishtirok etgan barcha nomzodlarni Agentlikning kadrlar zaxirasiga kiritish taklif qilindi.

5

Korrupsiyaga qarshi kurash murakkab jarayon. Bu «jang”da yetarlicha «qurollannmay” turib g‘alaba qozonish imkonsiz.  Shuning uchun ham agentlik to‘laqonli choralar ko‘rishi, u yoki bu vazifalarni bajarishi, turli masalalarga munosabat bildirishi, reaksiya qilishi uchun mustahkam huquqiy asos va poydevorga ega bo‘lishi muhim hisoblanadi. Agentlik tomonidan tegishli vazirlik va idoralar, shu jumladan xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda «O‘zbekiston Respublikasi korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi to‘g‘risida»gi qonun loyihasi tayyorlandi. Va bu loyihaO‘zbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portali (regulation.gov.uz) orqali jamoatchilik muhokamasiga taqdim etildi.

Mana, bir hafta o‘tib, 6 oktyabr holatiga qonun loyihasi bilan 2500 ga yaqin fuqaro tanishib chiqqan, 40 ga yaqin fikr, mulohaza  hamda taklif va tavsiyalarini berishgan. Bu raqamlar keng jamoatchilikda qonun loyihasiga katta qiziqish uyg‘otganini ko‘rsatadi.

6

Korrupsiyaning oldini olishda manfaatlar to‘qnashuvi holatlarini inobatga olish juda muhim. Alohida kerakkki, ko‘pgina vazir va hokimlarimiz ham korrupsiogen omillar, manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq holatlarni noqonuniy ekanini anglab yetmayapti. Bir tizim doirasida yaqin qarindoshlarning rahbar lavozimlarini egallashi, davlat xaridlari amalga oshirilganda tashkilot rahbarining yaniq qarindoshlari (aka-uka, ota-o‘g‘il va boshqa) o‘rtasida tuzilayotgan shartnomalar bunga yaqqol misol bo‘la oladi.

Davlat xaridlari bilan bog‘liq qing‘irliklar hech kimga sir emas. Davlat xaridlari sohasida korrupsiyaga qarshi nazorat tizimi yo‘lga qo‘yish uni monitoring qilish, samaradorligini tahlil qilish, shuningdek, uni takomillashtirish bo‘yicha  AQSh bizga o‘z ko‘magini taklif etayapti.

7

Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasi va uning hududiy idoralararo komissiyalari O‘zbekiston Respublikasi korrupsiyaga qarshi kurashish millik kengashi va uning hududiy kengashlari etib qayta tashkil etildi.

2020-yil 20-avgustda Milliy kengashning birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda korrupsiyaga qarshi kurashishning 2021-2025 yillarga mo‘ljallangan  Milliy strategiya ishlab chiqish belgilandi. 

Kengashning birinchi yig‘ilishida sog‘liqni saqlash  va davlat xaridlari tizimlarida «Korrupsiyasiz soha» loyihasini amalga oshirish belgilangan edi. Bugungi kunda ikkala sohada alohida dasturlar ishlab chiqish boshlandi.

Shuningdek Milliy kengash tomonidan agentlik huzurida Jamoatchilik kengashi tuzish tavsiya etilgan edi. Hozirda bu yo‘nalishda ham amaliy ishlar boshlandi. Oliy Majlis Senati a’zolari va Qonunchilik Palatasi deputatlari hamda turli sohalarda faoliyat yuritayotgan 10dan ziyod nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari ishtirokida maslahat uchrashuvi o‘tkazildi. Agentlik huzuridagi Jamoatchilik kengashini tuzish bo‘yicha NNT vakillaridan iborat komissiya tasdiqlandi. Yaqin kunlarda komissiya tomonidan Jamoatchilik kengashi a’zoligiga qabul qilish tartibi e’lon qilinadi.

8

O‘rni kelganda takidlab ketish kerak. Har qanday faoliyatning tashqaridan ko‘rinadigan va ko‘rinmaydigan qismlari bo‘ladi. Agentlik yangi ekani sababli, hozircha tashkiliy masalalar ko‘proq etibor talab qilyapti.  Mustahkam asosga ega bo‘lgan tashkilotgina korrupsiyaga qarshi samarali faoliyat yurita oladi.

 9

Pirovardida, agentlik direktori tashkilot o‘z faoliyatini ochiq, oshkora va shaffof olib borish va bunda OAV va blogerlar bilan hamkorlik qilishga tayyorligi bildirdi. So‘ng ommaviy axborot vositalari xodimlarining qator savollariga javob berdi.

Tadbirning savol-javob qismi haqida keyingi xabarlar ma’lum qilinadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring