Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Akmal Burxonov 1,5 mln dollarlik uy haqidagi mish-mishga munosabat bildirdi

Akmal Burxonov 1,5 mln dollarlik uy haqidagi mish-mishga munosabat bildirdi

Telegramdagi kanallardan birida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktoriga qaynotasi 1,5 mln dollarlik hovli sovg‘a qilgani haqidagi xabar tarqaldi.

Unda yer ostki qismi 2 qavat, yer ustki qismi 2 qavat bo‘lgan hashamatli uyda lift o‘rnatilgani, 3 nafar xizmatkor ishlashi ham aytilgandi.

Akmal Burxonov o‘zining Twitter-sahifasida ushbu xabarga munosabatini bildirdi.

«Bu yolg‘on xabar! Shunday bo‘lsa-da, qaynotamga yuborib qo‘ydim», – deya hazilomuz post qoldirdi agentlik rahbari.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring