Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Aks holda qattiq karantin yana qaytadi»: Maxsus komissiya murojaati

«Aks holda qattiq karantin yana qaytadi»: Maxsus komissiya murojaati

Foto:«Xabar.uz»

Respublika maxsus komissiyasi mamlakatda karantin yumshashi munosabati bilan aholiga yana murojaat qildi.

«2020-yil 10-iyuldan buyon joriy etilgan karantin cheklovlariga qat’iy va intizomli ravishda rioya etganlari uchun o‘z minnatdorchiligimizni bildirmoqchimiz» - deyiladi murojaat avvalida.

Bu koronavirus infeksiyasining tarqalishi bilan bog‘liq holatni barqarorlashtirish imkonini yaratgan.

15-avgustdan boshlab mamlakatimizda iqtisodiy va ijtimoiy sohalarning barqaror ishlashini ta’minlash, aholining yashash sharoitlarini yaxshilash maqsadida karantin cheklovlari yumshatilmoqda.

Karantin qoidalarini yumshatish uni bekor qilishni anglatmaydi. Kasallanishlar soni ko‘payishining oldini olish maqsadida, Komissiya fuqarolar tomonidan shaxsiy himoya choralariga qat’iy rioya qilishni davom ettirishlarini so‘ragan. Shu jumladan:

- jamoat joylarida niqob taqib yurish;
- ijtimoiy masofani saqlash;
- qo‘llarni muntazam yuvish va antiseptik gigiyena vositalaridan doimiy foydalanish.

«Ushbu qoidalarga amal qilmaslik kasallikning qayta avj olishiga va natijada qattiq karantin choralari takroran kuchga kiritilishiga olib kelishi mumkin»-, deya aholini ogohlantirgan respublika komissiyasi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring