Andijon – Ufa – Andijon yo‘nalishida muntazam poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yildi

«O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ tomonidan Andijon – Ufa – Andijon xalqaro yo‘nalishida yo‘lovchi poyezdining muntazam qatnovi boshlanadi. №№371/372-sonli Andijon – Ufa – Andijon yo‘nalishida yo‘lovchi poyezdi bugun soat 20: 15 da ilk bora yo‘lga chiqadi.
Endilikda vodiy viloyatlaridan mazkur yo‘nalishdagi MDH mamlakatlariga boradigan yo‘lovchilar Andijon, Marg‘ilon, Qo‘qon va Pop vokzallaridan jo‘nashlari mumkin.
Chiptalarni joylardagi chiptaxonalaridan xarid qilish mumkin yoki elektron tarzda, e-ticket@railway.uz sayti va uning mobil ilovalari orqali rasmiylashtirish imkoniyati mavjud.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter