Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andijonda ko‘zbo‘yamachilik videosi tarqaldi

Andijonda ko‘zbo‘yamachilik videosi tarqaldi

Foto: Xabar.uz

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijonda tasvirga olingan video tarqaldi. Unda prezident tashrifi oldidan ko‘chalar bo‘yida archalar ekilgani, tashrif yakunlangach, ekilgan archalar qayta kavlab ketilgani aytiladi.

Videoda archa va boshqa manzarali daraxtlar tuvagi bilan ko‘mib qo‘yilgani ko‘rinadi.

Andijon o‘zining «spektakl»lari bilan ko‘p bor tilga tushgan.

«Ochiq gap, menda nafrat paydo qiladigan narsa — ko‘zbo‘yamachilik. [Бу ишлар] kimga kerak? Men devorning orqasida nima borligini, O‘zbekistonda qaysi ko‘cha supurilgan, qaysi daraxt yiqilib yotganini juda yaxshi bilaman. Men yuradigan yo‘ldagi narsalarni bo‘yab qo‘yganingiz bilan odamlar rahmat demaydi», degan edi prezident Shavkat Mirziyoyev 2018-yillarning boshida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring