Angliya va AQShni va’da qilganlarning «misi chiqdi»
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chilonzor tumani bo‘limi, DXX va IIBB xodimlari hamkorligida tezkor tadbirda o‘tkazilgan.
Unda fuqarolar A.N. va D.I. fuqaro A.Jning ishonchiga kirib, uni tanishlari yordamida aylanma yo‘llar orqali Amerika Qo‘shma Shtatlariga ishga yuborishi evaziga 14 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.
Departamentning Qo‘shrabot tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda esa fuqaro F.U. fuqarolar Q.H. va S.K.ning ishonchiga kirib, ularni go‘yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida Angliya davlatiga ishga yuborishi evaziga 2 500 AQSh dollari va 2,5 mln so‘m pulini qo‘lga kiritganligi aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter