Antimonopoliya qo‘mitasi Sog‘liqni saqlash vazirligiga qarshi ish ochdi
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi Soliqni saqlash vazirligiga nisbatan ma’muriy ish ochgan. Aytilishicha, SSV Toshkent shahri va viloyatida bitta korxonaga tegishli 178 ta laboratoriya haqidagi ma’lumotni o‘z vaqtida bermagan.
Ijtimoiy tarmoqlarda sog‘liqni saqlash vazirining tegishli buyrug‘i bilan mazkur laboratoriyalar xorijda ochilgan Intermed Innovation qo‘shma korxonasiga biriktirilgani haqida xabarlar tarqalgandi.
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori o‘rinbosari Farrux Qoraboyevning ma’lum qilishicha, tuzilgan shartnoma yuzasidan bir qancha mahalliy tadbirkorlar tomonidan shikoyat kelib tushgan. Qo‘mita Sog‘liqni saqlash vazirligidan laboratoriyalarni biriktirish bo‘yicha ma’lumot so‘ragan, biroq vazirlik ma’lumotlarni o‘z vaqtida taqdim etmagan.
«Sog‘liqni saqlash vazirligiga nisbatan «Raqobat to‘g‘risida»gi qonunning 23-moddasiga asosan ish qo‘zg‘atildi. Shu hafta agar ma’lumotlar berilmasa, tegishli tartibda choralar ko‘riladi», degan Farrux Qoraboyev.
Ma’lum qilinishicha, aynan bu masala davlat sherikchiligi va davlat-xususiy sherikchiligi konsessiya shartlari asosida tuzilgan shartnomalar, bu borada ma’lumotlar olingandan keyin xulosa chiqariladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter