Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQSh yil boshidan beri qancha o‘zbekistonlikka turist viza berdi?

AQSh yil boshidan beri qancha o‘zbekistonlikka turist viza berdi?

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yilning yanvar-avgust oylarida 8 163 nafar O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari AQShga turistik maqsadlarda safarga chiqqan.

2023-yilning 8 oyida O‘zbekistondan AQShga turistik maqsadlarda safar qilgan fuqarolarning asosiy safar maqsadlari:

dam olish – 5 233 nafar

qarindoshlarni yo‘qlash – 2 432 nafar

o‘qish – 423 nafar

boshqa maqsadlarda – 75 nafar

Avvalroq AQSh Davlat departamenti 2023-yilga mo‘ljallangan «Turli millat vakillari uchun vizalar» (grin karta) dasturi bo‘yicha mavjud bo‘lgan barcha 55 000 ta vizani berib bo‘lgani xabar berilgandi. Bu haqda Qo‘shma shtatlarning O‘zbekistondagi elchixonasi ma’lum qilgan. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring