Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Asal bayrami»ga marhamat!

«Asal bayrami»ga marhamat!

Foto: AT «Aloqabank»

An’anaga aylangan «Asal bayrami va asal mahsulotlari ko‘rgazma yarmarkasi» Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi.

Tadbir AT «Aloqabank» va O‘zbekiston asalarichilari uyushmasi tomonidan tashkillashtirilmoqda.

Asal bayramida yurtimizning barcha hududlaridan asalarichilar ishtirokida tog‘ asali, uyali asal va 200 dan ortiq boshqa asal mahsulot turlari namoyish etiladi.

Yarmarka 2019-yil 1—10-dekabr kunlari «Ko‘rgazma Savdo Markazi»da bo‘lib o‘tadi. Manzil: Toshkent shahri, Beruniy ko‘chasi, 41-uy.

Shu bilan birga O‘zbekiston asalarichilari uyushmasi vakillari hamda yetuk asalarichilar boshchiligida asalarichilik sohasiga mansub ilmiy-amaliy seminarlar o‘tkazilishi rejallashtirilgan.

Yilning eng shirin ko‘rgazmasiga tashrif buyuring va respublikamizning barcha hududlaridan turli xil asal mahsulotlarini xarid qilish imkoniyatini o‘tkazib yubormang!

Reklama huquqi asosida

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring