Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi tanqidiy maqolaga izoh berdi (video)
Joriy yilning 15 dekabr sanasida Xabar.uz saytida «Bizga sifatli yo‘l kerak emas!» — Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi Sinov laboratoriyasi jihozlari va binosini olib qo‘ygani aytilmoqda» sarlavhali maqola e’lon qilingan edi.
Avtomobil yo‘llari ilmiy-tadqiqot institutining Sinov laboratoriyasi bo‘limi boshlig‘i Salohiddin Qurbonov murojaati asosida tayyorlangan maqolada AYITI Sinov laboratoriyasidan texnika va jihozlar olib qo‘yilayotgani, faoliyati cheklanayotgani, ilmiy-tadqiqot instituti binosidan ayrilgani, xodimlar ishdan ketayotgani va boshqa masalalar ko‘tarilgan.
Tahririyat murojaatda keltirilgan holatlar yuzasidan Avtomobil yo‘llari qo‘mitasidan izoh so‘radi. Quyidagi videoda qo‘mita mutaxassislarining izohlari keltirilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter