Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Axborot xizmatlari faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan o‘quv-seminar o‘tkazilmoqda

Axborot xizmatlari faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan o‘quv-seminar o‘tkazilmoqda

Foto: Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari axborot xizmatlari faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan «Axborot xizmatlari faoliyatiga oid nazariy va amaliy aspektlar» mavzusida ikki kunlik o‘quv-seminari o‘tkazilmoqda.

Tadbirda davlat va xo‘jalik boshqaruvi sohasida ochiqlik va shaffoflikka asoslangan samarali qarorlar qabul qilish tizimini joriy etish, axborot olishda mansabdor shaxslarning jamiyat oldidagi hisobdorligi, ochiqligi va mas’uliyatini oshirish zarurligi qayd etildi.

Foto: Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

– Zamonaviy axborot texnologiyalari jadal taraqqiy etib, har kim axborot tarqatish imkoniyatiga ega bo‘lgan bugungi kunda vazirlik va idoralarning axborot xizmatlari zimmasiga yanada ko‘proq mas’uliyat yuklanadi, – dedi Agentlik direktorining birinchi o‘rinbosari Avaz Xodjimatov. – Ijtimoiy tarmoqlarda biror voqeaga oid surat yoki videolavhalar tarqalishi bilan ko‘tarilgan masalaga axborot xizmati xodimi tashkilot nomidan munosabat bildirishi bugungi kunning muhim talabidir. Bu esa norasmiy, biryoqlama va asoslanmagan axborotlar, turli ko‘rinishdagi tushunmovchiliklar kelib chiqishining oldini oladi. Pirovardida, aholining davlat organlari faoliyatiga nisbatan ishonchi ortadi.

O‘quv-seminari davomida tinglovchilar OAV bilan o‘zaro samarali hamkorlik qilish, jumladan, OAVni to‘g‘ri tanlash, o‘zaro hamkorlik etikasi, OAV uchun axborot materiallarini tayyorlash kabi yo‘nalishlarda bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash imkoniyatiga ega bo‘ladilar. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring