Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sudyalar oliy kengashi va AOKA jurnalist va blogerlar uchun bepul o‘quv-mashg‘ulotlari tashkil etmoqda

Sudyalar oliy kengashi va AOKA jurnalist va blogerlar uchun bepul o‘quv-mashg‘ulotlari tashkil etmoqda

Foto: «Umerop.ru»

O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bilan hamkorlikda huquqiy mavzuga ixtisoslashgan OAV vakillari va blogerlar uchun o‘quv-mashg‘uotlari tashkil etmoqda. Bu haqda Sudyalar oliy kengashi matbuot xizmati ma’lum qilmoqda.

Qayd etilishicha, bundan ko‘zlangan maqsad jurnalist va blogerlarning kasbiy malakasini oshirishga ko‘maklashish, xususan, sud protsesslarini yoritishning o‘ziga xos jihatlari bilan yaqindan tanishtirishdan iborat.

O‘quv-mashg‘ulotlari Sudyalar oliy maktabida bevosita va bilvosita (onlayn) tarzda o‘tkaziladi. Unda taniqli huquqshunoslar, tajribali jurnalistlar va media-ekspertlar ma’ruzalari bilan ishtirok etadi.

O‘quv-mashg‘ulotlari 2021-yilning 25-yanvardan boshlab, ikki hafta davomida dushanba, chorshanba va juma kunlari soat 15:00 — 17:00 gacha o‘tkaziladi.

O‘quv-mashg‘ulot mavzulari ishtirokchilarning xohish-istaklaridan kelib chiqib ham belgilanishi mumkin.

O‘quv-mashg‘ulotlarida ishtirok etish istagini bildirgan jurnalist va blogerlar +99899 874 58 76 va +99890 328 87 49 raqamlariga bog‘lanishlari so‘raladi.

O‘quv-mashg‘ulotlarda ishtirok etish bepul.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring