Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ayrim viloyatlarda Odam DNKsi ekspertizasi yo‘lga qo‘yiladi

Ayrim viloyatlarda Odam DNKsi ekspertizasi yo‘lga qo‘yiladi

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi faoliyatini yanada takomillashtirish hamda sud ekspertizasi sohasida ekspertlik ishlarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Hukumat qarori (11-son, 10.01.2022-y.) qabul qilindi.

Qarorga muvofiq X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazining Farg‘ona, Surxondaryo, Xorazm hududiy bo‘limlarida Odam DNKsi sud-biologik ekspertizasi va Samarqandda Odam DNKsiga qo‘shimcha ravishda Materiallar, ashyolar va buyumlar kriminalistik ekspertizasi laboratoriyalari tashkil qilinadi.

 Adliya vazirligi:

  • 2022-yil 1-iyulgacha Samarqanddagi, 2022-yil 1-dekabrgacha Farg‘onadagi, 2024-yil 1-sentyabrgacha ekspertiza bo‘limlarini xalqaro standartlarga mos binolarga joylashtiradi;
  • 2022-yil 1-noyabrgacha Xorazmdagi ekspertiza bo‘limini zarur texnikalar bilan ta’minlaydi;
  • 2023-yil 1-yanvargacha sud ekspertiza xulosalarini xalqaro tan olinishini ta’minlash uchun Sud-fonografiya va Hujjatlar kriminalistik ekspertizasi laboratoriyalarini xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazadi.
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring