AQShda 55 yil oldin o‘g‘irlangan bola topildi
Chikagoda 55 yil muqaddam o‘g‘irlangan chaqaloq ishini FQB fosh etdi, deya xabar berdi mahalliy «WGN-TV» telekanali.
Dora Fronchak 1964-yil 25-aprel kuni o‘g‘illi bo‘ladi. Keyingi kuni tug‘uruqxona palatasiga hamshira kiyimidagi ayol kelib, go‘dakni ko‘rikka olib borishini aytadi. Shundan so‘ng ayol ham, bola ham g‘oyib bo‘ladi.
FQB politsiya bilan hamkorlikda go‘dakning qidiruv ishlari bilan shug‘ullanadi. Oradan ikki yil o‘tgach ular shunga o‘xshash bolani topishadi. O‘sha paytlarda hali DNK tahlili texnologiyasi mavjud bo‘lmagani bois bolaning qarindoshligi uning quloq shakliga qarab belgilangan. Ona ham uni o‘z o‘g‘li sifatida tan olgan.
2014-yili Pol Fronchak DNK o‘tkazadi. Test Polning uni katta qilgan oilasi bilan biologik qarindoshligi yo‘qligini ko‘rsatdi. Bir necha oydan so‘ng haqiqiy Polni topishga muvaffaq bo‘lishadi.
Telekanalning xabariga ko‘ra, u Michigan shtatida istiqomat qilmoqda va onkologik kasalliklarga qarshi kurashmoqda. O‘zining biologik onasi bilan uchrashish niyati bor-yo‘qligi hozircha noma’lum.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter