Bag‘dodda bayram tadbiri tashkil etildi
Farg‘ona viloyati, Bag‘dod tumani obodonlashtirish ishlariga yuz tutgan. Prezidentimiz e’tirof etgan «Bag‘dod tajribasi» sifatida tumanning dasht hududi hisoblangan «Muruvvat» MFYda yangi zamonaviy shaharcha barpo etish ishlari jadal olib borilib, jarayonlarda 3 mingdan ziyod quruvchilar mehnat qilishmoqda.
Aytish joizki, bu yerda 1260 ta xonadondan iborat 61 ta ko‘p qavatli uy-joylar, umumta’lim maktabi, Madaniyat markazi, maktabgacha ta’lim tashkiloti, yangi MFY binosi, poliklinika, savdo majmuasi, kovorking markazi, sport kompleksi, istirohat bog‘i singari ijtimoiy soha ob’yektlari qad rostlamoqda. Ko‘p qavatli uylarda qurilish ishlari Mustaqillik bayramiga qadar yakunlanishi ko‘zda tutilgan.
O‘zLiDeP Farg‘ona viloyati Kengashi tomonidan Bag‘dod tumanida o‘tkazilgan «Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik!» shiori ostidagi mustaqillik tadbirlari tashkil etildi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari Mavludaxon Ibragimova va Bahromjon Rahmonaliyevlar, mehnat faxriysi Mashrabjon Hurboyev hamda O‘zLiDeP Bag‘dod tuman Kengashi raisi Muhammadjon Dehqonovlar tadbir avvalida so‘z olib, yig‘ilganlarni Istiqlol ayyomi bilan qutladi.
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist To‘lqin Haydarov hamda tuman madaniyat uyi xonandalari tomonidan kuylangan Istiqlolni madh etuvchi qo‘shiqlar yig‘ilganlarga bayram shukuhini ulashdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter