Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bahrom Almatov boshqa lavozimni egallagani ma’lum bo‘ldi

Bahrom Almatov boshqa lavozimni egallagani ma’lum bo‘ldi

Foto: Xabar.uz

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktori vazifasida ishlab kelgan Bahrom Almatov lavozimidan ozod etilgani haqida xabar berilgandi.

SSV jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan Botirjon Jurabayevich Qurbonov O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Shuningdek, ayni paytgacha ushbu agentlik direktori lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelgan Bahrom Ibragimovich Almatov Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktori o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Bahodir Qahramanovich Yusupaliyev O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari – O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktori lavozimiga o‘tkazilgani xabar qilingandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring