Bakteriyalarning kutilmagan foydali xususiyati ma’lum qilindi
O‘rganilgan bakterial shtammlarning taxminan 20 foizi plastmassani parchalashi mumkin. Bakteriyalarning kutilmagan foydali xususiyati Leyden universitetining golland mikrobiologlari tomonidan aniqlandi.
Ularning tadqiqotlari Communications Biology jurnalida chop etildi.
Tadqiqot mualliflari mikroorganizmlar qulayroq energiya manbalaridan mahrum bo‘lsa, plastmassani oziq-ovqat sifatida iste’mol qilishga qayta yo‘naltirilishi mumkinligini aniqladilar.
Tadqiqotchilardan biri, PHD nomzodi Jo-Enn Verschorning so‘zlariga ko‘ra, bakteriyalar, xuddi odamlar kabi, motivatsiyasiz hech narsa qilmaydi. «Masalan, ko‘p odamlar yugurishni yoqtirmaydilar, lekin agar ularni yo‘lbars ta’qib qilsa, ular juda tez yugurishlari mumkin», deb tushuntirdi u.
Tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, lipaz A deb ataladigan gen mikroorganizmlarning polimerlar bilan oziqlanishida muhim rol o‘ynaydi. Olimlarning fikricha, uning kashfiyoti plastik chiqindilar bilan kurashish uchun mos bo‘lgan bakteriyalar tarkibini kengaytiradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter