«Barcha hokim va vazirlar eshitib olsin»
«Aholini rozi qilish bo‘yicha hali oldimizda ko‘plab vazifalar turibdi», — dedi prezident bugungi yig‘ilishda.
Ta’kidlanishicha, davlat rahbarining topshirig‘iga muvofiq, hududlarga ishchi guruhlar yuborilib, ular 9 370 ta mahallaning har biriga kirib, aholining kayfiyatini o‘rganib, uni qiynayotgan muammolar ro‘yxatini shakllantirgan.
Aholi tomonidan yo‘l, ichimlik suvi, sug‘orish tizimi, elektr, ta’lim va tibbiyot bilan bog‘liq 12 mingta masala va taklif ko‘tarilgan.
«Barcha hokim va vazirlar eshitib olsin. Prezident siyosati va talabi shunday: hech bir fuqaro o‘zining muammolari bilan yolg‘iz qolmasligi kerak. Aholi kayfiyati — islohotlarimiz va siyosatimizning ko‘zgusi.
Katta-kichik bo‘ladimi, aholimiz ko‘targan har bir muammoga o‘z vaqtida munosabat bildirish, ularni bosqichma-bosqich hal qilish barcha darajadagi rahbarlarning eng ustuvor vazifasi bo‘lishi shart va zarur», — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter