Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bayram kunlari jamoat transporti harakati bo‘yicha ma’lumot berildi

Bayram kunlari jamoat transporti harakati bo‘yicha ma’lumot berildi

Foto: «Xabar.uz»

O‘zbekiston Respublikasi Prezident farmoniga ko‘ra, 2022-yil 9-iyul kuni respublikamizda Qurbon hayiti bayram kuni va 11, 12-iyul kunlari qo‘shimcha dam olish kunlari etib belgilanganligi munosabati bilan, bayram va dam olish kunlari jamoat transporti faoliyati quyidagicha tashkil etiladi, deb xabar berdi «Toshshahartransxizmat» AJ axborot xizmati. 

  • 2022-yil 9-iyul, shanba – ishlanmaydigan bayram kuni. Yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida;
  • 2022-yil 10-iyul, yakshanba – dam olish kuni. Yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida;
  • 2022-yil 11-iyul, dushanba – qo‘shimcha dam olish kuni. Shanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida;
  • 2022-yil 12-iyul, seshanba – qo‘shimcha dam olish kuni. Shanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida.
  • 2022-yil 16-iyul, shanba – ish kuni. Ish kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida.
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring