Bizga «begona» reytingda Tojikiston Ukrainani ortda qoldirdi

Tojikiston ravnaq topayotgan mamlakatlar reytingida 101-o‘rinni oldi va 111-o‘rinda joylashgan Ukrainani ortda qoldirdi. Ushbu hisobot Buyuk Britaniyaning «Legatum Institute» tadqiqotlar markazi tomonidan chiqarildi.
Mamlakatlar to‘qqiz ko‘rsatkich bo‘yicha baholandi: iqtisodiyot sifati, biznes-muhit, davlat boshqaruvi, shaxsiy erkinlik, ijtimoiy kapital, xavfsizlik, ta’lim, salomatlik va ekologiya.
Sobiq ittifoq mamlakatlaridan Qozog‘iston 73-o‘rinni band etdi. Qirg‘iziston 78, Gruziya 80, Armaniston 88, Belarus 89, Rossiya 96, Ozarbayjon 99, Tojikiston 101, Ukraina 111-o‘rinda.
Ma’lumotlari bo‘lmagani uchun O‘zbekiston va Turkmaniston bu ro‘yxatga kiritilmadi. Reytingga kirmay qolgan 10 mamlakat orasida shuningdek Suriya, Shimoliy Koreya, Somali, Janubiy Sudan, Kuba, Gaiti, Myanma va Papua-Yangi Gvineya bor. Bu mamlakatlar haqidagi ma’lumotlarni ham tadqiqotchilar qo‘lga kirita olishmagan.
Reytingdagi yetakchi beshlikda Norvegiya, Yangi Zelandiya, Finlyandiya, Shveysariya va Daniya. Bu mamlakatlar chin ma’noda gullab-yashnayapti.
Eng oxirgi o‘rinlarda esa Afrikadagi ayrim nochor mamlakatlar va Afg‘oniston.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter