Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bloger Nafosat Olloshukurova O‘zbekistonni tark etganini ma’lum qildi

Bloger Nafosat Olloshukurova O‘zbekistonni tark etganini ma’lum qildi

Foto: Facebook

Xorazmlik bloger Shabnam (Nafosat) Olloshukurova O‘zbekistonni tark etdi. Bu haqda uning o‘zi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi.

Bloger vatanni tark etishini «faoliyati davomida ko‘plab tazyiqlarga uchragani» bilan ifodalaydi.

Ma’lumki, Nafosat Olloshukurova o‘tgan yilning sentyabr oyida  Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning bir necha moddalari bilan aybdor deb topilib, 10 sutkaga «kesilgan»di. Tayinlangan jazo muddatini o‘tayotgan paytda «ruhiyatida o‘zgarishlar sezilganligi» vaji bilan «tez tibbiy yordam chaqirtirilib, psixiatrning tavsiyasi bilan u viloyat ruhiy asab kasalliklari dispanseriga o‘tkaziladi».  

Uch oydan so‘ng ruhiy-asab kasalliklari dispanseridan javob berilgan Olloshukurova uyiga qaytganidan keyin ham xotirjam bo‘lmaganini alohida qayd etib, «...Ruhiy kasalliklar shifoxonasidan ozod etilgach, meni Sog‘liqni saqlash vazirligi psixiatri Levon Ambarsumov boshchiligida ro‘yxatdan o‘tkazish bahonasida yana olib ketishga urinishlar bo‘ldi. Ular kelgan paytda  uyda bo‘lmaganim bois qutulib qolishga muyassar bo‘ldim», deb yozadi u.

So‘zining oxirida bloger yurtni tark etishiga yordam berganlarga tashakkur aytib, ular qatori AQShning O‘zbekistondagi elchixonasini ham tilga oladi.

O‘n kun avval Nafosat Olloshukurova «gazeta.uz»ga bergan intervyusida o‘zini xavfsiz  his  etmayotganini ta’kidlab, odamlardan sog‘lom ekaniga ishonishlarini so‘ragan edi.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring