Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bog‘cha yoshidagi bolalar va 1-sinf o‘quvchilari grippga qarshi bepul emlanadi

Bog‘cha yoshidagi bolalar va 1-sinf o‘quvchilari grippga qarshi bepul emlanadi

O‘zbekistonda maktabgacha ta’lim yoshdagi bolalar va 1-sinf o‘quvchilarini grippga qarshi bepul emlash rejalashtirilgan. Bu haqda Maktabgacha ta’lim vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, respublika hududida gripp yuqtirish va uning og‘ir asoratlarini oldini olish maqsadida 2 million doza vaksina keltirilgan.

Xabarga ko‘ra, barcha maktabgacha ta’lim yoshdagi bolalar va 1-sinf o‘quvchilarini grippga qarshi bepul markazlashgan holda emlash rejalashtirilgan.

Buning uchun respublika miqyosida 2753 ta emlash punktlari tashkil etilgan. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring