Bosh prokuratura «Mehribonlik uyi» tarbiyalanuvchisiga uy olib berdi

Ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan, doimiy uy-joyga ega bo‘lmagan Toshkent shahridagi 22-sonli «Mehribonlik uyi» tarbiyalanuvchisi S.Qurbonovaning uy-joy ajratib berilishida amaliy yordam ko‘rsatish haqidagi murojaati Bosh prokuratura tomonidan ko‘rib chiqildi.
Bosh prokuratura saytida yozilishicha, S.Qurbonova 2013-yilda ham Samarqand shahar hokimligiga uy-joy bilan ta’minlash masalasida murojaat qilgan. Hokimlik esa unga shahar xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo‘limiga murojaat qilishi haqida tushuntirish berilgan.
Bosh prokuratura O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010 yildagi «Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni turar joylar bilan ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga asosan S.Qurbonovani uy-joy bilan ta’minlash maqsadida Samarqand viloyat hokimligiga murojaat qilib, unga Samarqand shahri G‘.Karimov ko‘chasida joylashgan barcha sharoitlarga ega 17-xonadon ajratib berilishini ta’minladi.
S.Qurbonovaning uy-joy ajratib berish masalasida shu paytgacha qilgan murojaatlarini ko‘rib chiqishda sansalorlikka yo‘l qo‘ygan mutasaddi idoralar mansabdor shaxslariga nisbatan prokuror nazorati hujjatlari qo‘llanildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter