Bosh prokuror Samarqandda sayyor qabul o‘tkazdi

Bosh prokuror N.T.Yo‘ldoshev 2019 yil 19 dekabrda Samarqand viloyatida sayyor qabul o‘tkazdi. Unda jami 44 nafar jismoniy va yuridik shaxslarning vakillari qabul qilinib, ularning murojaatlari olindi.
Qayd etilgan murojaatlarning 11 tasi sud masalalari, 8 tasi prokuratura, 6 tasi ichki ishlar ish yurituviga hamda 19 tasi ijtimoiy-iqtisodiy masalalarga oid murojaatlarni tashkil etdi.
Murojaatlarning 12 tasi joyida qanoatlantirildi.
Shuningdek, Bosh prokuror N.T.Yo‘ldoshev Samarqand shahriga tashrif buyurib, shahardagi ijtimoiy-iqtisodiy sohada amalga oshirilayotgan ishlar ahvoli, aholining turmush tarzi bilan tanishib chiqdi.
Shaharning «Nurafshon» mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi kam ta’minlangan oila sifatida ro‘yxatga olingan fuqaro R.Mamayev va ikkinchi jahon urushi qatnashchisi D.Borunkin xonadonlariga tashrif buyurib, ularning turmush tarzi va oilaviy ahvolidan xabar olindi.
Shuningdek, tashrif chog‘ida Samarqand shahar 61-sonli eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internati o‘quvchilari bilan uchrashib, ularning sharoitlari bilan tanishdi.
Bosh prokurorning tashrifi doirasida Pastdarg‘om tumanidagi «Mirzatup» mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi 1,05 km. masofadagi tuproq yo‘lga shag‘al yotqizilishi, ko‘cha bo‘ylab 12 ta elektr simyog‘ochlari o‘rnatilib, kabellashtirilishi ta’minlandi.
Fuqarolar tomonidan qabulda topshirilgan murojaatlar nazoratga olinib, qonuniy hal etilishi ta’minlanadi.
Bosh prokuratura Matbuot xizmati
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter