Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bu qiziq: ilonlarning yuragi qayerda joylashgan?

Bu qiziq: ilonlarning yuragi qayerda joylashgan?

Ilonlarga qaraganimizda, uzun va silliq, oyoqsiz, boshi uzun dumiga birikib ketgan hayvonni ko‘ramiz. Biroq boshi va dumi orasida katta, murakkab gavdasi mavjud. Ilonlarning boshqa umurtqali hayvonlarga xos umurtqasi, ovqat singdiradigan tizimi, jigari va yuragi, mushaklari, bezlari va boshqa a’zolari bor...

Ilonlarning ajralib turgan e’tiborli tomoni – oyog‘ining yo‘qligi. Yana bir o‘ziga xosligi – ular nigohiga joduli sifat beradigan harakatlanuvchi qovog‘ining yo‘qligidir.

Aksar ilonlarning o‘pkasi bitta. Shuning uchun ham boshqa a’zolari uchun ko‘p joy qolgan. Piton va boshqalarining o‘pkasi ikkitadan.

Tashqaridan qaraganda, ilonlarning boshida qulog‘i yo‘q. Ammo ular yer tebranishiga juda sezgir. Ilonlar eshitish qobiliyatini to‘ldiradigan boshqa sezgilarga ega.

Ilonlarning ko‘pchiligi yaxshi ko‘rishga qodir. Ular o‘ljasini shakli va rangidan ko‘ra harakatidan puxtaroq ilg‘aydi. Ilonlarning sezgi a’zolari yaxshi rivojlangan, ular ovqatga yaroqli hayvonlarni, dushmanlarini hidiga qarab ajrata oladi.

Ilonlar o‘z ulushini havodan, yerdan va boshqa joylardan topadi hamda ovqati va boshqa narsalarning kimyoviy tarkibini maxsus a’zolari orqali aniqlaydi.

Darvoqe, ilonlarning yuragi bosh qismiga yaqinroqda joylashgan. Inson yuragiga nisbatan ancha sekin uradi. Ilon yuragi uch kamerali bo‘lib, tinch holatida 20–40, harakat yoki ov paytida 50–70, sovuq mavsumda esa 10–15 martagacha uradi.

 

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring